» » Rossiya JSSTga koronavirusga qarshi 8 ta vaksina taklif qildi

Rossiya JSSTga koronavirusga qarshi 8 ta vaksina taklif qildi


Rossiya Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga koronavirusga qarshi sakkizta vaksina taklif qildi. Bu haqda tashkilotning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Rossiyaning hissasi juda katta. Bizda Rossiyaning turli institutlaridan taklif qilingan sakkizta nomzod vaksina ro‘yxatdan o‘tdi”, — deya ma’lum qilgan JSST vakili.

Qayd etilishicha, dunyoda jami 124 ta vaksina ustida ish olib borilmoqda, ularning 10 tasi klinik sinovlardan o‘tmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Rossiyada SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi ishlab chiqilgan uchta vaksinaning klinik sinovlari 29-may kuni boshlanadi. Shuningdek, vaksinani ommaviy ishlab chiqarish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari ham ketmoqda.

Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi 47 ta vaksina ishlab chiqilmoqda

Avvalroq AQSh koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratgani, Buyuk Britaniya esa joriy yilning sentabr oyidan koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQShning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari birinchi fazasi ijobiy natijalar bilan tugayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, AQShda koronavirusga qarshi DNK-vaksina sinovdan o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-05-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют