» » AQShda koronavirusga qarshi DNK-vaksina sinovdan o‘tkazildi

AQShda koronavirusga qarshi DNK-vaksina sinovdan o‘tkazildi


AQShning Inovio biotexnologik kompaniyasi COVID-19 kasalligiga qarshi vaksina klinik sinovlardan oldingi sinovlar doirasida ijobiy natija berganini ma’lum qildi. INO-4800 nomli DNK-vaksina SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi antitanalar va T-limfotsitlarning faol neytrallashtirish xususiyatini namoyon qiladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Ko‘plab hayvonlarda ishlab chiqarilgan neytrallovchi antitana va T-hujayraning samarali ta’siri INO-4800 bo‘yicha bizning joriy klinik sinovlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi”, — deyiladi kompaniya vitse-prezidenti Keyt Broderikning bayonotida.

INO-4800 vaksinasi COVID-19 kasalligini yuzaga keltiruvchi SARS-CoV-2 virusining yuzadagi asosiy kurtaksimon oqsiliga qarshi qaratilgan. Tadqiqot doirasida aniqlanishicha, INO-4800 bilan emlash tadqiqot o‘tkazilgan sichqonlarda va dengiz cho‘chqalarida mustahkam antitana va T-limfotsitlarini shakllantirgan, ular esa koronavirusga qarshilik ko‘rsatgan.

Kompaniya tomonidan ma’lum qilinishicha, klinik sinovlardan avvalgi sinovlarning mazkur natijalari, shuningdek, klinik sinovlarning dastlabki bosqichlaridagi natijalar 2020-yilning yozida ikkinchi sinov fazasiga o‘tishga imkon berishi mumkin.

Inovio kompaniyasi hozirgi paytda MERS koronavirusiga qarshi vaksinaning ham muvaffaqiyatli sinovlarini o‘tkazmoqda.

Avvalroq AQShning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari birinchi fazasi ijobiy natijalar bilan tugayotganini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют