» » AQSh koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

AQSh koronavirusga qarshi vaksinani yaratishga bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi


AQSh hukumati Oksford universitetida koronavirusga qarshi vaksinani yaratish uchun bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratdi. Agarda bu borada muvaffaqiyatga erishilsa, Amerika 300 million dozaga ega bo‘ladi, deb yozadi The Washington Times.

Ishlab chiqarilayotgan vaksina litsenziyasi AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasiga tegishli.

“O‘ylashimcha, bu juda ko‘p narsalarni va’da qiluvchi vaksina”, — deydi AQSh prezidenti Donald Tramp.

Shunga qaramay, uning ta’kidlashicha, ko‘plab kompaniyalar koronavirusga qarshi vositani yaratishga yaqin turibdi, jumladan, bozorning giganti Johnson & Johnson ham.

Avvalroq AQShning Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari birinchi fazasi ijobiy natijalar bilan tugayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, AQShda koronavirusga qarshi DNK-vaksina sinovdan o‘tkazilgandi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, aprel oyining boshlarida AQShdagi o‘zbekistonliklar koronavirusga qarshi dori yaratib, Alisher Usmonovga yordam so‘rab murojaat qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-05-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 45) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют