» » Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda virus qurbonlari soni 35 nafarga yetdi

Toshkentda koronavirusga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi. O‘zbekistonda virus qurbonlari soni 35 nafarga yetdi


Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan 67 yoshli erkak vafot etdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, u 26-iyundan tomog‘ida og‘riq bo‘lib, tana harorati ko‘tarilganiga qaramay, shifokorga murojaat qilmasdan uyida davolangan.

1-iyul kuni esa yo‘tali kuchayib, nafas siqishi belgilari paydo bo‘lgach, tez yordam chaqirgan va tez tibbiy yordam mashinasida Toshkent shahar 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasiga olib borilgan.

Shu kuni undan COVID-19 infeksiyasiga tahlil olinib, zudlik bilan reanimatsion muolajalar boshlangan. Bemorga o‘tkir miokard infarkti, ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi, yurak ishemik kasalligi, gipertoniya kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgan.

Bungacha O‘zbekistonda 33 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-07-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют