» » Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan chegaralarni ochish va parvozlarni tiklash masalalarini ko‘rib chiqadi

Abdulla Aripov Tojikiston bosh vaziri bilan chegaralarni ochish va parvozlarni tiklash masalalarini ko‘rib chiqadi


O‘zbekiston bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya o‘zbek-tojik munosabatlarining bir qator masalalarini muhokama qilish uchun Dushanbega boradi. Bu haqda Asia-Plus xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi 28–29-sentabr kunlari Dushanbeda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda ikki davlat o‘rtasida mart oyining o‘rtalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishi sababli yopilgan chegaralarni ochish va parvozlarni tiklash bo‘yicha masalalarni muhokama qilishi ko‘zda tutilgan.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdo-sotiqni rivojlantirish, istiqbolli investitsiya loyihalari, transport va kommunikatsiya sohasidagi aloqalarni kengaytirish, mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni muhokama qilish niyatida.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmi, O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish hajmi va ularning kelgusi yilgi narxlari to‘g‘risida ham kelishib olinadi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili O‘zbekiston 1 milliard 425,1 million kilovatt / soat tojik elektr energiyasini har bir kilovatt uchun 2 sent narxida olgan. Tojikistondan O‘zbekistonga elektr energiyasi eksportining umumiy hajmi 28,5 million dollarni tashkil etgan.

Shuningdek, 2019-yilda Tojikiston O‘zbekistondan 140 million kubometr tabiiy gazni 17,7 million dollarga sotib olgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют