» » O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Termizda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazdi

O‘zbekiston va Tojikiston bosh vazirlari Termizda hukumatlararo komissiya yig‘ilishini o‘tkazdi


Termizda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston bosh vaziri Qoxir Rasulzoda rahbarligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 6-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralarining vakillari ishtirok etdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan majlisda so‘nggi yillarda ikki qo‘shni mamlakat o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, hamkorlik aloqalari yangi bosqichda rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Tadbirda ikki mamlakat hukumati delegatsiyalari tomonidan hukumatlararo komissiyaning 5-yig‘ilishi davomida erishilgan kelishuvlarning amaliy natijalari sarhisob qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, madaniy-gumanitar hamda qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishlardagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli kelishuv imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-04-2019, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют