» » Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosarini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi doirasida mamlakatga tashrif buyurgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Bayram Annameredovni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar izchil rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidentining o‘tgan yili mart oyidagi Turkmanistonga davlat tashrifi, shuningdek, ikki mamlakat rahbarlarining muntazam muloqotlari O‘zbekiston – Turkmaniston hamkorligini strategik sheriklik darajasiga ko‘tarib, uni sifat jihatdan yangi amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika sohalaridagi keng miqyosli hamkorlik istiqbollari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davlat rahbari erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, navbatdagi oliy darajadagi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko‘rishning samarali mexanizmi sifatida hukumatlararo qo‘shma komissiya faoliyatiga yuksak baho berdi.

Bayram Annameredov Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

U Turkmaniston tomoni keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki qardosh davlat o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 19:59)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют