» » Ozodbek Nazarbekov 7 mln dollar sarflanayotgan Mendirman Jaloliddin seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto)

Ozodbek Nazarbekov 7 mln dollar sarflanayotgan Mendirman Jaloliddin seriali ijodkorlari bilan uchrashdi (foto)


Ozbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Mendirman Jaloliddin serialining suratga olish jarayonlari bilan tanishish uchun ayni paytda Turkiyada bolib turibdi. 9-sentabr kuni vazir serial ijodkorlari bilan uchrashib, suratga olish jarayonlarini kozdan kechirdi.

Qayd etilishicha, tarixiy serialni suratga olish uchun 50 gektar yer maydonidapavilyon ornatilgan bolib, suratga olish jarayonlariga mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan.

Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan aktyorlar ot minish va qilichbozlik boyicha maxsus tayyorgarlikdan otdi. Shu bilan birga turk tilini mukammal organib, tarix fani boyicha ham bilimlarini boyitdi. Filmning asosiy qahramonlari Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Alovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning farzandlari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga osha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi, deyiladi xabarda.

Dunyo miqiyosidagi katta loyihaga qol urganimni chuqur his qilyapman.Loyihani amalga oshirish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim yetarli emas, jamoa, ssenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejissorlar ham xabardor bolishi muhim edi. Shu sababli ham suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur organishga undadim. Menga ozbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz deb kop bora savollar yollashdi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqiyosidagi filmlarda ham rol oynashga tayyor. Shaxsan ozim keyingi filmlarimga ham aynan ozbek aktyorlarini jalb etmoqchiman, chunki rejalashtirayotgan serialimiz Mirzo Ulugbek haqida boladi, deydi serial rejissori Mehmet Bozdag.

Xabarda aytilishicha, madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan Mendirman Jaloliddin seriali Ozbekiston tomonidan Best organiser MChJ va Turkiyaning Bozdag film kinokompaniyasi ortasida tuzilgan shartnomaga binoan Orient Finans Bank tijorat banki homiyligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur serialga 7 million AQSh dollari sarflanmoqda.

Oktabr oyining ikkinchi yarmida Bozdag film kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bozdagning Ozbekistonga tashrifi kutilmoqda. Tashrif doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etish rejalashtirilgan. Mendirman Jaloliddin seriali 2021-yilning yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi kozda tutilgan.

Eslatib otamiz, serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljimijro etmoqda.Shuningdek, bir qator ozbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxoja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Rano Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.

Serialning ilk mavsumi 13 qismdan iborat.

Mavzuga doir:Alisher Uzoqov Turkiyada otgan olti oylik umri va Toshkentga qaytishi sababi haqida gapirdi (video)



Manba: Daryo.uz
: admin (10-09-2020, 14:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -