» » O‘zbekistonda chet elga chiqishda “taqiq” borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi

O‘zbekistonda chet elga chiqishda “taqiq” borligini tekshirish uchun yangi tizim ishga tushdi


O‘zbekistondan xorijga chiquvchilar hisobida qarzdorlik bor yoki yo‘qligini tekshirish uchun yangi tizim yaratildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati bo‘lmasligi lozim.

Qarzdorlik o‘z vaqtida bartaraf etilmasligi fuqarolarning chet elga chiqishiga “taqiq” quyilishiga sabab bo‘ladi.

“Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot Telegram boti orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.

Mazkur botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti mib.uz saytida elektron tarzda Payme, Click, Upay va boshqa to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyati yaratilgan”, – deyiladi agentlik xabarida.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют