» » O‘zbekistonda 14-sentabrdan viloyatlarda ham davlat bog‘chalari ochilishi boshlanadi

O‘zbekistonda 14-sentabrdan viloyatlarda ham davlat bog‘chalari ochilishi boshlanadi


7-sentabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlarida bittadan bog‘cha ochildi. Maktabgacha ta’lim vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, 14-sentabrdan boshqa viloyatlarda ham bog‘chalar ochilishi boshlanadi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, maktabgacha ta’lim muassasalari ochilishi faqatgina xalq deputatlari Kengashi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ruxsati bilan hamda muayyan MTTga qatnovchi bolaning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi.

14-sentabrdan boshlab ushbu jarayon butun Respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Birinchi o‘rinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. Bu 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanadi.

Masalan, bola o‘zi ushlaguncha boshqa bolalar o‘ynagan o‘yinchoqni og‘ziga olib borishi mumkin. O‘rta guruhlarning, ya’ni 4-5 yoshdagi bolalar guruhlarining ochilishi oktabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga mo‘ljallangan.

Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020-yil 5-sentabrdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablarining faoliyatiga ruxsat berilgandi. Davlat bog‘chalari ishga tushgunicha ota-onalarga farzandlarini ishga olib bormaslik tavsiya qilingan.

Qarorga ko‘ra, ushbu obyektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

Mavzuga doir: Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimdagi yirik moliyaviy qonunbuzarliklar haqida ma’lum qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют