» » Lionel Messi zaif ko‘ruvchi bolakaylarga yangi hayot ulashdi. Futbolchi ularga qimmatbaho qurilma sovg‘a qildi

Lionel Messi zaif ko‘ruvchi bolakaylarga yangi hayot ulashdi. Futbolchi ularga qimmatbaho qurilma sovg‘a qildi


“Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi xayrli ishga qo‘l urdi.

Futbolchi ko‘rishda nuqsoni bor “Arsenal” muxlisi va unga o‘xshash yana 11 nafar bolakayni Barselonaga taklif qilgan. Messi ularning har biriga OrCam kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yuqori texnologiyali ko‘zoynaklar sovg‘a qilgan.

“Barselona” yulduzi Isroil kompaniyasi bilan hamkorlik qilgan holda zaif ko‘ruvchi va ko‘r bolalarga yordam qo‘lini cho‘zishda davom etmoqchi. Messi har yili ko‘r va zaif ko‘ruvchi odamlarga OrCam MyEye qurilmasini tarqatadi. Argentinalik futbolchi ularning ayrimlari bilan shaxsan uchrashadi.

“Bu qurilma ularning hayotini o‘zgartirishi ko‘rinib turibdi. OrCam elchisi bo‘lganimdan faxrlanaman, bu ko‘plab odamlarga yordam beradi”, — deydi Messi.

Ushbu qurilma bir qator funksiyalarga ega, u sun’iy intellekt evaziga matnni ovoz chiqarib o‘qishi yoki foydalanuvchiga yonidagi narsalar haqida ma’lumot berishi mumkin. U yuzlar, ranglar, oziq-ovqat va pul kupyuralarini ajrata oladi. Qurilmaning har biri 4000 dollardan qimmat turadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 21:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют