» » Huawei smartfon-kalit, akkumulyator va USB-portga ega “aqlli” chamadon taqdim etdi

Huawei smartfon-kalit, akkumulyator va USB-portga ega “aqlli” chamadon taqdim etdi


AQShning ulkan bosimi ostida bo‘lgan Huawei kompaniyasi o‘zining smartfonlar biznesini saqlab qolish yo‘llarini qidirmoqda. Ushbu mojarolar fonida kompaniya Huawei Smartf Business Suitcase “aqlli” chamadonini taqdim etdi, deb xabar beradi IXBT.

Yangi “aqlli” chamadon Samsonite bilan hamkorlikda yaratilgan. U uch xil o‘lchamda taqdim etiladi: 20, 25 va 28 dyumda, narxi ham shunga mos — 292, 337 va 380 dollar.

Mazkur chamadonning o‘ziga xosligi uning qulfini ochish osonligida (o‘z egasi uchun). Agarda Huawei Smart Business Suitcase kompaniya smartfoni bilan sinxronlashgan bo‘lsa, smartfon o‘chgan bo‘lsa ham belgilangan joyga tekkizilsa qulf avtomatik ravishda ochiladi.

Shuningdek, Huawei Smart Business Suitcase boshqa chamadonlarda yo‘q bir qator funksiyalarga ega, jumladan, akkumulyator va tashqi USB-portni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lmachalar.

Kompaniyadagilarning ma’lum qilishicha, chamadonning ichki qismi ekologik toza matodan ishlangan. U yengil va mustahkam, korpusi esa alyuminiy qotishmasidan yasalgan.

Mavzuga doir: Xiaomi dunyodagi eng ishonchli chamadonning yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют