» » Dunyoda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan torg‘oq qushi O‘zbekistonga uchib keldi

Dunyoda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan torg‘oq qushi O‘zbekistonga uchib keldi


O‘zbekistonga dunyodagi eng noyob qushlardan biri — torg‘oq tashrif buyurdi. 5-sentabrdan boshlab Qashqadaryo viloyatidagi Talimarjon suv ombori hududida har kuni yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan ushbu qushlarning 2 mingdan ortig‘ini kuzatish mumkin, bu dunyodagi qolgan barcha torg’oqlarning deyarli 20 foizini tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Qushlarni himoya qilish jamiyatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

To‘liq yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida bo‘lgan torg‘oq dunyo miqyosida kamdan kam uchraydigan, yo‘qolib ketish xavfi ostidagi oq karkidon, kit akulasi, Amur yo‘lbarsi va ulkan panda kabilar qatoriga kiradi.

Jamiyat tomonidan ma’lum qilinishicha, jiddiy xavf ostida bo‘lgan torg‘oq janubiy Pokistonga uzoq va xavfli parvozdan oldin dam olish va o‘zini tiklash uchun Qozog‘istondan uchib kelgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu noyob qushlar bir oydan ko‘proq vaqt davomida O‘zbekistonda bo‘ladi. Har kuni Qozog‘istondan keladigan torg‘oqlar soni ko‘payib boradi va oktabr oyining boshida Talimarjonda 5 mingga yaqin torg‘oqni, ya’ni dunyodagi ushbu turdagi qolgan qushlarning yarmini kuzatish mumkin bo‘ladi.

5-sentabr kuni Talimarjon suv omborida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan torg‘oqlarni ko‘rgan O‘zbekiston Qushlarni himoya qilish jamiyati a'zosi T.Rahimovning aytishicha, Qozog‘istondan uzoq parvozdan so‘ng qushlar juda charchagan-u, suv omboriga yetib kelgach, darhol uxlab qolgan. Ushbu noyob qushlar to‘xtagan suv omborining hududi himoyaga muhtoj.

Torg‘oqlar shu kunlarda yantoq chakalakzorlari bilan o‘ralgan Talimarjon suv omborining qirg‘oq zonasida ovqatlanadi, dam oladi va uxlaydi. Namlikning yuqori darajasi va ko‘p miqdordagi ozuqa moddalari tufayli bu chakalakzorlar torg‘oq oziqlanadigan hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Biroq chorva mollari haddan ziyod ko‘payib ketganligi sababli torg‘oqlar endi suv ombori atrofidagi tepaliklarda hasharotlarni topa olmayapti.

“O‘zbekistonda yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan torg‘oq uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga Talimarjon suv omborining qirg‘oq zonasida mavsumiy ornitologik qo‘riqxonani yaratish taklif qilinmoqda", — deyiladi jamiyat xabarida.

Eslatib o‘tamiz, kuzda torg‘oqning O‘zbekistonda paydo bo‘lishi o‘tgan yillarda ham kuzatilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют