» » Habib Nurmagomedov: “Keling, bolalarimizni asraylik va ularga to‘g‘ri tarbiya beraylik”

Habib Nurmagomedov: “Keling, bolalarimizni asraylik va ularga to‘g‘ri tarbiya beraylik”


Yengil vazn toifasida UFC  chempioni Habib Nurmagomedov otasi Abdulmanap Nurmagomedov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Fight Nights Global musobaqasidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Otamning xotirasiga atab tashkil qilingan mana shu musobaqaga kelgan barcha mehmonlar va tomoshabinlarga rahmat aytaman. Otam har doim o‘smirlar va yoshlar sportini yuqori o‘ringa qo‘ygan. Biz bolalarimizni to‘g‘ri tarbiya qilishimiz kerak.

Ilk navbatda tarbiya bo‘lishi kerak. Zalga kelgan ko‘plab odamlar otamning xonasidagi “tarbiya, ta’lim va keyin sport” yozuvini ko‘rib hayron qolardi.

Biz ajoyib zamonda yashayapmiz. Men 1988-yilda tug‘ilganman va so‘nggi 30 yil ichida nimalar o‘zgarganini ko‘rdim. Bizni 20 yildan keyin nimalar kutayotganini bilmaymiz. Shunday ekan keling, farzandlarimizni asraylik va ularga to‘g‘ri tarbiya beraylik.

Ilk navbatda ularga o‘zimiz chiroyli namuna bo‘laylik, ular uchun qahramon va yetakchiga aylanaylik. Bolalaringiz va oilangizni asrang.

Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 3-iyulida Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 23:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют