» » Samarqanddagi OTMlarga kirish imtihonlarida birovning o‘rniga kirishga uringan 12 nafar abituriyent aniqlandi

Samarqanddagi OTMlarga kirish imtihonlarida birovning o‘rniga kirishga uringan 12 nafar abituriyent aniqlandi


Samarqand viloyat IIB hamda test markazi xodimlari hamkorligida 2020-yil 9-sentabr kuni o‘tkazilgan reyd tadbirida OTMlarga kirish imtihonlarida 28 ta holatda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qoidabuzarliklarning aksariyati imtihonga telefon olib kirish bilan bog‘liq bo‘lib, 18 nafar abituriyent shunday qoidabuzarligi sabab 9-sentabr kuni imtihonlarga kiritilmagan. 8 ta holatda imtihonga boshqa birovning o‘rniga kirish holatiga duch kelingan. Ikkita holatda esa “shpargalka” olib kirishga urinish fosh etilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatda imtihon tadbirlari boshidan buyon 123 ta holatda telefon, 40 ta holatda texnika moslamalari, 9 ta holatda “shpargalka” va 1 ta holatda qo‘lbola aloqa vositasi, 12 ta holatda esa o‘rniga o‘rin kirishga urinish holati aniqlangan.

Mavzuga doir: Farg‘onada 4 kunda 40 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют