» » “Hozir ko‘nglimga uylanish sig‘adimi?”. Aziz Rametov nega haligacha uylanmayotgani sababini ma’lum qildi (video)

“Hozir ko‘nglimga uylanish sig‘adimi?”. Aziz Rametov nega haligacha uylanmayotgani sababini ma’lum qildi (video)


Aktyor va rejissor Aziz Rametov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Aziz Rametov suhbat davomida hali o‘z yo‘lini topmagani va nega haligacha uylanmayotgani sababi haqida gapirib berdi.

Kenja farzandning sho‘xliklari, erkaliklari, ilk qadamlari ota-onaning ko‘proq esida qoladi. Akam juda qattiqqo‘l. Uylangan, hayoti o‘z yo‘liga tushgan. Men san’atkor bo‘lganim uchunmi, bilmadim, tez ozor chekib qolaman, tez jahlim chiqib ketadi — qiziqqonman. Uylanmaganman, hayotda hali o‘z yo‘limni topmaganman. Va birovni ham yo‘ldan chiqarib yuborishim kerak emas.

Onam ham shu narsalardan qo‘rqadilarki, Vatanga foydang tegmayaptimi,  zararing ham tegmasin, deydilar. Seni foydang — zararing tegmagani, deydilar. Demak, bir insonga kinongda ham, qo‘shig‘ingda ham foydang ham tegmadimi, zararing ham tegmasin, shunday inson bo‘lgin! Balki, mening zararim ko‘p teggandir-da. Demak, shuning uchun ehtiyot qilsalar kerak!

Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi. Qolgani bir gap bo‘lar.

Hozir bu vaziyatda ko‘nglimga uylanish sig‘adimi? Mening sog‘lig‘im joyida, hammasi joyida. Bu taqdir, hammasi taqdirdan. Eng og‘ir nuqtada shukr qilib, sabr qilsang, taqdiring o‘zgaraverar ekan.

Shu vaqtgacha uylanmaganimga shukr qilaman: jinni edim, tez jahlim chiqib ketardi, kibrim bor edi. Mendan ham shunaqa farzand tug‘ilardi-da. Men shunaqa deb tushungandim.

Aziz Rametov, aktyor va rejissor

Ma’lumot uchun, Aziz Rametov o‘zbek kino muxlislari orasida “O‘tov”, “Yo‘l bo‘lsin”, “Shabnam”, “Arslon izidan” kabi filmlari va yuzlab videokliplari orqali mashhurlikka erishgan.

Mavzuga doir: Aziz Rametov saraton kasali bilan kurashayotgan Saida Rametovaning ahvoli qandayligini ma’lum qildi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 09:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют