» » JSST oziq-ovqat kompaniyalarini 2023-yilgacha transyog‘lardan voz kechishga chaqirmoqda

JSST oziq-ovqat kompaniyalarini 2023-yilgacha transyog‘lardan voz kechishga chaqirmoqda


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2023-yilga qadar kompaniyalarning oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishdan butunlay voz kechishiga erishishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RBK”.

“Butun dunyo COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashayotgan bir paytda biz inson salomatligini himoya qilish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak. Bunga yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rish kiradi”, — dedi tashkilot rahbari.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, sanoatda ishlab chiqarilgan transyog‘ kislotalarini iste’mol qilish natijasida yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelib, yarim millionga yaqin odamning o‘limiga sabab bo‘ladi. Shu munosabat bilan tashkilot o‘z hududlarida 2021-yil oxiriga qadar 3,2 milliard odamni zararli moddalardan himoya qilishga imkon beradigan qonunlar qabul qilgan 58 ta mamlakatning qarorini ma’qullaydi.

Biroq JSST 100 dan ortiq mamlakatga oziq-ovqat mahsulotidagi transyog‘lar muammosini hal qilishni boshlashni tavsiya qiladi. Ozarbayjon, Bangladesh, Butan, Misr, Hindiston, Eron, Meksika, Nepal, Pokiston, Janubiy Koreya va Ekvador fuqarolar ratsionidagi zararli moddalarni kamaytirish bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishi zarur bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirgan.

Shu bilan birga, tashkilot transyog‘lardan foydalanishni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar aholi jon boshiga yuqori daromad to‘g‘ri keladigan mamlakatlar tomonidan amalga oshirilganligiga aniqlik kiritdi. Shu paytgacha kam daromadli biror-bir mamlakat bunday ishni boshlamagan.

JSST 2018-yilda REPLACE dasturini ishga tushirdi, unda tashkilot butun dunyoda sanoat tomonidan ishlab chiqarilgan transyog‘larni oziq-ovqat mahsulotlaridan butunlay chiqarib tashlashga intiladi. Shu kabi moddalarni margarin va pishirilgan mahsulotlarda topish mumkin. Korxonaning kislotalari mahsulotlarning tarkibiga kiritiladi, chunki ular tufayli tovarlarning saqlash muddati uzoqroq bo‘ladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, transyog‘lar o‘rniga mahsulotning ta’mini, shuningdek, narxini o‘zgartirmaydigan sog‘lom alternativalardan foydalanish mumkin.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 09:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют