» » ReO: har kungi sog‘lik va faollik uchun

ReO: har kungi sog‘lik va faollik uchun


Zamonaviy hayotning ko‘zga ko‘rinmas xavflari

Kundalik hayotimizda biz stresslarga, ekologiya ta‘siriga berilamiz, kam harakatda bo‘lamiz, ovqat ratsionimizga va ichayotgan suvimizning sifati va miqdoriga deyarli e’tibor bermaymiz. Bular esa o‘z navbatida tanamizning suvsizlanishiga olib keladi. Tanamiz suvga tashnaligini odatda biz his qilmaymiz, chunki og‘zimiz qurib, chanqoqni his qilishni boshlaganimizda, tanamiz 2% suvni allaqachon yo‘qotgan bo‘ladi. Chanqoqni esa odatda biz choy, kofe, shirin gazli ichimliklar, sharbatlar bilan bosishga urinamiz.

Suvsizlanish oqibatlari

Agar tana kerakli miqdordagi suv bilan to‘yinmasa, unda turli muammolar kelib chiqa boshlaydi. Bu dastlab jismoniy va aqliy faoliyatning susayishiga, so‘ngra surunkali kasalliklarning (ayniqsa yurak, jigar va buyrak kasalliklarining) qo‘zishiga olib keladi. Qon quyulib, tromb hosil bo‘lish ehtimolligi ortadi. Nafas yo‘llaridagi himoya suyuqligi ham quyuqlashadi, oqibatda respirator virusli infektsiyalarni yuqtirish xavfi ortadi. Shuningdek, tanadagi yog‘larning parchalanish jarayoni sekinlashadi va inson ortiqcha vazn yig‘a boshlaydi.

Nima ichish kerak?

Tabiiyki, ko’pchilikda “Nima ichish tavsiya etiladi?” degan savol tug‘iladi. Bunday holatlarda shifokorlar aynan suv ichishni tavsiya qilishadi. Chunki turli xildagi shirin gazli ichimliklar, sharbatlar, choy va kofe inson organizmini kerakli miqdordagi suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirolmaydi. Aksincha, ular tarkibidagi moddalar tanadan suvning chiqarilishini tezlashtiradi va bu bilan tanadagi suv tanqisligini yanada ortishiga va doimiy charchoq hissini paydo bo‘lishiga sababchi bo’ladi.

Nima uchun ReO suvi?

Bugungi kunda siz dorixonalarda tananing suv-elektrolit muvozanatini tiklash uchun yaratilgan maxsus suv - ReO suvini ko‘rishingiz mumkin.

ReO suvining tarkibi muhim elektrolitlar bilan boyitilgan bo‘lib, muvozanatlashgan suv-tuz tarkibi tufayli u suv va elektrolitlarning maksimal tez so‘rilishini ta’minlaydi. Suvsizlanishning tez charchash, bosh og‘rishi, teri va shilliq qavatlarning qurishi kabi belgilarini samarali yo‘qotadi. Shuningdek, ReO suvi diurezni normallashtiradi va intoksikatsiya belgilarini kamaytiradi.

ReO suvini ichishni tananing suvsizlanishi va intoksikatsiyasi bilan kechuvchi har qanday holatlarda tavsiya etiladi. Xususan, ReO suvini quyidagi holatlarda ichish mumkin:

ReO suvi 950 millilitrlik qulay hajmda ishlab chiqariladi, tarkibida qand moddasi, konservantlar, bo‘yoqlar yo‘q va u yoqimli nimsho‘r ta’mga ega.

ReO suvini OXYmed dorixonalaridan so‘rang. Ma’lumot uchun qo‘ng‘iroq qiling: +998712000303

Shahringizdagi ReO suvi bor dorixonalar ro‘yxati bilan tanishib chiqing.

Toshkentda uyga bepul yetkazib berish xizmatini buyurtma qiling: +998781131300

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют