» » Stomatitdan xalos bo‘lish yo‘llari

Stomatitdan xalos bo‘lish yo‘llari


Stomatit odatda qandaydir jiddiy kasalliklarning belgisi hisoblanmaydi, ammo u favqulodda og‘riq va noqulaylikni keltirib chiqarishi mumkin. Stomatit  og‘izdagi kichik hamda chuqur bo‘lmagan yaralar bo‘lib, ular ko‘pincha labning ichki qismida yoki milklar atrofida paydo bo‘ladi.

Stomatitni uy sharoitida qanday davolash mumkin?

Qora choy biriktiradigan teri oshlovchi moddalarga ega, ular yaralarga tinchlantiruvchi ta’sir o‘tkazadi. Moychechakli choy ham yarali hududni og‘riqsizlantirishga yordam beradi. Buning uchun choy xaltachasini ho‘llab, uni 10 daqiqaga yaraga qo‘yib turing.

Asal qadimdan o‘zining bakteriya va zamburug‘larga qarshi xususiyatlari bilan mashhur. Asalning davolovchi xususiyatlari shunchalik ko‘pki, ushbu shirinlikning ma’lum turlari yara va jarohatlarni davolashda ham qo‘llaniladi.

Agar uyingizda tuvakda aloe vera o‘stirsangiz, uning bitta bargini kesib olib, sharbatini suvga qo‘shing va ushbu aralashma bilan og‘zingizni chaying. Bu o‘simlik tabiiy antibakterial va shamollashga qarshi vosita bo‘lib, u bilan og‘izni chayish orqali yarani tozalash va og‘riqni yo‘q qilish mumkin. Bundan tashqari, aloe B, C guruhidagi vitaminlar va aminokislotalarga boy.

Stomatit paydo bo‘lganida shifokorlar tish pastasini natriy laurilsulfati — ko‘pik hosil qiluvchi modda bo‘lmagan boshqasiga almashtirishni tavsiya etadi, aynan u yara yuzaga kelishiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Tuzli eritma bilan og‘izni chayish yara bitishi jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Tuz — yumshoq antiseptik vositadir.

Vodorod peroksidi va suvni 1:1 nisbatda aralashtiring hamda ushbu eritmani bevosita yaraga suring.

Tirik mikroorganizmlarga ega qatiq stomatit paydo bo‘lishi oldini olishi mumkin.

Stomatit tez-tez paydo bo‘lsa va uch haftadan ortiq vaqt davomida bitib ketmasa, shifokorga murojaat qilgan ma’qul.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют