» » Toshkentda har 19 soniyada bitta sovutgich ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi

Toshkentda har 19 soniyada bitta sovutgich ishlab chiqaradigan korxona ishga tushdi


2019-yil avgustda Poytaxtning Yashnobod tumanida tashkil etilgan Texnoparkda 2020-2021-yillarda 15 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalardan biri Mustaqilligimizning 29 yillik bayrami arafasida ishga tushirildi.

Shu yilning 29-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, navbatdagi investitsiyaviy loyiha — “Maishiy sovutgichlar ishlab chiqarish” korxonasiga start berdi. Umumiy qiymati 62,1 million AQSh dollari bo‘lgan majmua Janubiy Koreyaning “Samsung Electronics” kompaniyasi texnologiyasi asosida faoliyat yuritadi. Uskunalarni montaj qilish va loyihani ishga tushirishga ham koreyalik mutaxassislar jalb qilingan.

O‘rta Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu loyihaning o‘ziga xos jihatlaridan biri bu — bir vaqtning o‘zida 4 ta turdagi sovitkichlarni ishlab chiqarish imkoniyatining mavjudligidir. Ishlab chiqarish jarayoni 70 foizga avtomatlashtirilgan bo‘lib, inson mehnati faqatgina jarayonni boshqarish va butlovchi qismlarini yig‘ishda kerak bo‘ladi. Bu esa, har 19 soniyada 1 ta tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

Loyihaning yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, tayyor mahsulotlar sifat nazorati laboratoriyasidan juda qisqa vaqt ichida o‘tkaziladi, ushbu jarayon Samsung kompaniyasining texnologik yutuqlaridan foydalangan holda, bor-yo‘g‘i 7 daqiqa ichida amalga oshiriladi. Barcha sinov natijalari markazlashgan ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

Korxona yiliga 1 mln. dona sovitkich ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu esa nafaqat mahalliy aholi, balki MDH davlatlarini ham xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahsulot bilan ta’minlash imkonini beradi. Uning yillik eksport hajmi 50 mln. dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirda ushbu kompleksda 10 turdagi 42 xil modifikatsiyali sovitkichlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonani ishga tushirish natijasida 1 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Bu yerda ishlab chiqarilayotgan sovitkichlar zamonaviy dizaynga egaligi, No frost tizimi, energiya tejamkorligi (A+), yuqori kuchlanishga qarshi himoya tizimining mavjudligi, shuningdek, masofaviy smart boshqaruv tizimiga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekistonda yuqori quvvatli, xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlarni ishlab chiqarish kelgusida import hajmining kamayib, raqobatbardosh milliy mahsulotlarning eksporti ortishini ta’minlaydi. Shuningdek, YAIM hajmida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ulushi ortadi. Mahalliy aholi, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyati kengayadi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют