» » Fransiyalik FIFA hakami Sebastyan Desaj 46 yoshida vafot etdi

Fransiyalik FIFA hakami Sebastyan Desaj 46 yoshida vafot etdi


Fransiyalik futbol hakami Sebastyan Desaj 46 yoshida vafot etdi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Tashkilot prezidenti Noel le Graening qayd etishicha, so‘nggi vaqtlarda Desajning sog‘lig‘ida muammolar bo‘lgan.

Biz Sebastyan Desajning so‘nggi oylarda sog‘lig‘ida muammolar borligini bilardik, ammo uning o‘limi bizni chuqur qayg‘uda qoldirdi. Hakamlar, federatsiya va biz juda afsusdamiz. U hakam va inson sifatida hurmat va qadrga loyiq edi. U futbolni sevardi. Federatsiya uning oilasi va yaqinlariga samimiy hamdardlik bildiradi.

Noel le Grae, Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti

Ma’lumot uchun, Sebastyan Desaj 2013-yildan beri Liga 1 o‘yinlarida ishlab kelayotgandi. U Fransiya yuqori divizionida 84, quyisida esa 80 ta uchrashuvni boshqargan. Shuningdek, Yevropa Ligasi saralash o‘yinlari va Yevro—2016 musobaqasining guruh bosqichi saralash bellashuvlarida ham ishlagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют