» » O‘zbekistonning mashhur xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv tayinlandi

O‘zbekistonning mashhur xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani yuzasidan qo‘shimcha tekshiruv tayinlandi


O‘zbekistonning mashhur xonandasi voyaga yetmagan qizning nomusiga teggani, IIB esa xonandaga nisbatan jinoiy ish ochishni rad etgani, Bosh prokuratura qaror qonuniyligi tekshirilishini ma’lum qilgandi. Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TBning jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi qarori nazorat tartibida o‘rganib chiqildi.

Aniqlanishicha, 17-iyun kuni Urgut tumanida yashovchi fuqaro F.R. Kattaqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘iga ariza bilan murojaat qilgan. Unda 13-iyun kuni voyaga yetmagan qizi Sh.M.ni dugonasi D.S. Kattaqo‘rg‘on tumaniga olib kelib, uni qo‘shiqchi J.U. va uning bir o‘rtog‘i bilan tanishtirgani, ular qizlarni bir uyga olib borganligi va shu kuni J.U. qizi Sh.M.ni zo‘rlab nomusiga tekkanligini, shu sababli J.U.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizaning 26-iyundagi xulosasida fuqaro Sh.M.ning tanasida, ya’ni ko‘z yuqori qovoqlar, ikkala boldir, o‘ng bilak sohalarida qontalashlar kabi jarohatlar aniqlanib, ushbu jarohatlar sud-tibbiy tekshiruviga qadarli bir kundan ko‘p, ikki kundan kam bo‘lgan vaqt oralig‘ida yetkazilgan bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tergovchisi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o‘tkazilib natijasiga ko‘ra, 10-iyul kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.

To‘plangan hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilganda, bir qator tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘liq bajarilmaganligi, tergovchi Jinoyat protsessual kodeksining 22-moddasida ko‘rsatilgan jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek, u bilan bog‘liq barcha holatlarni aniqlash shartligini, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan har tomonlama, to‘la va xolisona tekshirib ko‘rilmasdan shoshma-shosharlik bilan qabul qilinganligi aniqlangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Kattaqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TBning 10-iyul kungi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish to‘g‘risida qabul qilgan qaror Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 10-sentabr kuni bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlari olib borilishlik uchun Kattaqo‘rg‘on tuman IIB TBga yuborilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 16:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют