» » “Qishloq qurilish bank” va Osiyo taraqqiyot banki: hamkorlikning yangi bosqichi

“Qishloq qurilish bank” va Osiyo taraqqiyot banki: hamkorlikning yangi bosqichi


O‘zbekiston hukumatining bank sektorini rivojlantirishga qaratilgan islohotlari samarasi o‘laroq va ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilishni ko‘zlagan holda, aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” biznes modelining asosiy yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Xususan, xalqaro konsalting tashkilotlari bilan xamkorlikda bankning 2020-2025-yillarga mo‘ljallangan rivojlantirish strategiyasiishlab chiqildi va bunda bankning tranformatsiya jarayonida korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda biznes jarayonlarini optimallashtirish va bank xizmatlari spektrini tubdan kengaytirish va ularning sifatini oshirish ko‘zda tutilgan.

Ushbu jarayonlarni amalga oshirishda ATB “Qishloq qurilish bank” va Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘yildi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, OTB konsultantlari bank xizmatlari sifatini oshirish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish jarayonlariga amaliy ko‘maklashadilar.

Ta’kidlash joizki, ATB “Qishloq qurilish bank” va “Osiyo taraqqiyot banki” ko‘p yillik hamkorlar hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi hamkorlik 2012-yilda boshlangan bo‘lib, bugungi kunga qadar qishloq joylarda uy-joylar qurish dasturi doirasida hamkorlar o‘rtasida 576 mln AQSh dollaridanortiq va chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida esa 15 mln AQSh dollari miqdoridagi shartnomalar imzolangan.

Yangi bosqichdagi o‘zaro aloqalar hamkorlikning yangi yo‘nalishi bo‘libgina qolmay, amalda aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlashga va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat jihatidan o‘zgarishiga xizmat qiladi.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 18:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 76) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют