» » “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi qulayliklari

“Biometrik identifikatsiyalash” tizimi qulayliklari


Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” zamonaviy bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yishga va mijozlar uchun qulayliklar yaratishga intilmoqda. Bugungi kunda “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bankda mijozlarning omonatlarini himoyalashni yanada kuchaytirish, omonatlar bilan bog‘liq operatsiyalarni mijozlarning ishtirokisiz amalga oshirilmasligini qat’iy nazoratga olish maqsadida “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi joriy qilingan. Mazkur texnologiya ayni vaqtda “Qishloq qurilish bank”ning barcha mintaqaviy filiallariga o‘rnatilgan.

“Biometrik identifikatsiyalash” tizimi quyidagi afzalliklarga ega:

– omonat hisobvaraqlaridagi mablag‘lar bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni omonat egasi bo‘lgan mijozning bevosita ishtirokisiz amalga oshirish imkoni bo‘lmaydi;
– omonat mablag‘lariga nisbatan bank xodimlarining daxlsizligi ta’minlanadi.

Bu kabi zamonaviy bank xizmatlari aholining o‘z omonatlari daxlsizligiga bo‘lgan ishonchi ortishiga, buning natijasida omonatchilar safi kengayishiga xizmat qilmoqda.

ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2017-yil 1-fevral holatiga 36 ta omonat turiga mablag‘lar jalb qilinmoqda va bankning jami omonatchilari soni 77 ming 938 nafarni va ularning bankdagi qo‘yilmalari (uy-joy mablag‘larisiz) 224,271 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.

Respublika tijorat banklari o‘rtasida 2016-yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda, “Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasi bo‘yicha bankning Samarqand filiali “Temir yo‘l” mini-banki birinchi o‘rinni, “Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki” nominatsiyasi bo‘yicha bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy filiali “Bo‘ston” mini-banki ikkinchi o‘rinni egalladi.

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: (+99871) 150-72-58, 150-39-93, www.qqb.uz

Bank axborot xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.
Reklama huquqi asosida.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют