» » Uysiz erkak reper Eminemning uyiga bostirib kirdi va uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Uysiz erkak reper Eminemning uyiga bostirib kirdi va uni o‘ldirmoqchi bo‘ldi


Asl ismi Marshall Bryus Metrs (Eminem) bo‘lgan 47 yoshli reperning uyiga uysiz erkak bostirib kirgan hamda uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan. Aprel oyida yuz bergan ushbu hodisa tafsilotlari sud jarayonida politsiya xodimi, Eminemning ko‘rsatmasini aytib berganidan keyingina ma’lum bo‘lgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, Eminem uyg‘onganida noma’lum shaxsga ko‘zi tushgan. Uyimda nima qilyapsan, deb berilgan so‘rovga javoban erkak uni o‘ldirmoqchi ekanini bildirgan. Shundan keyin reper uni joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan odamni eshikkacha “kuzatib” qo‘ygan. Politsiya yetib kelganida xonanda qo‘riqchisi, suiqasd qilmoqchi bo‘lgan erkak bilan mushtlashayotgan bo‘lgan.

Politsiyaning ma’lumot berishicha, bostirib kirgan shaxs turar joyi yo‘q Metyu Xyuz bo‘lgan. Reperning uyiga g‘isht bilan sindirilgan deraza orqali kirgan Metyu ayni vaqtda hibsda va 25 yilga ozodlikdan mahkum qilinishi mumkin, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют