» » “Muhtasham yuz yil”dagi Xadicha sulton va Gollivud aktyori Orlando Blum o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?

“Muhtasham yuz yil”dagi Xadicha sulton va Gollivud aktyori Orlando Blum o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor?


“Uzuklar hukmdori” va “Karib dengizi qaroqchilari” filmlaridagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Orlando Blum va turk ijodkorlari tomonidan taqdim qilingan “Muhtasham yuz yil” serialidagi Xadicha rolini gavdalantirgan aktrisa Selma Ergech o‘rtasida bog‘liqlik nimada ekaniga quyida javob beriladi.

O‘ziga yarasha karyerasi va minglab muxlislari bo‘lgan san’atkorlarning har ikkisi ham turli kinosanoat vakillari va ularni bir suratga olish maydonchasida tasavvur qilish qiyin. Shunga qaramay, ularga 2013-yilda birgalikda suratga tushish nasib qilgan. Fotosessiya va taqdimotda ishtirok etishi davomida mashhurlar bir-birini yaxshilab tanishi uchun imkon bo‘lgan.

Ularning hamkorlikdagi faoliyati kino emas, reklama bilan bog‘liq bo‘lgan. Yulduzli juftlik “Magnum” muzqaymog‘i reklamasida suratga tushgan. Davomiyligi 4 daqiqani tashkil qilgan rolik bir qancha syujetdan iborat bo‘lgan. Avvaliga Selmaning aktyordan intervyu olmoqchi ekani aks etgan, keyin ular birgalikda kafe va boshqa joylarda paydo bo‘ladigan reklama qisqa metrajli filmga o‘xshab ketadi.

Reklamadan keyin mazkur juftlik OAV e’tiboridan chetda qolmagan va ELLE jurnalining turk tahririyati birgalikda fotosessiya qilishni taklif qilgan. Nashr muallifi Selmadan ikki tilda so‘zlashadigan yulduzlar qanday qilib til topishgani, Orlando qanday savollar berganini so‘ragan.

“Biz ko‘p gaplashdik, u menga Istanbul haqida ko‘p savol berdi, Chirog‘?on saroyidagi suratga olish jarayonida saroy tarixi bilan qiziqdi. U umumiy ma’lumot bilan cheklanmaydi, ta’rix va tafsilotlar haqida ko‘proq bilishni istaydi. Shuningdek, biz shaxsiy mavzularda ham gaplashdik, u mendan kasbim, kelajakdagi loyihalarim va karyera bilan bog‘liq rejalarim haqida so‘radi”, — deb javob bergan aktrisa.

Ushbu loyihadan keyin Orlando Blumda Istanbuldan uy olish istagi paydo bo‘lgan va u Turkiyadagi tajribasidan mamnunligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 19:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют