» » Land Rover yangi gibrid yo‘ltanlamasini taqdim etdi

Land Rover yangi gibrid yo‘ltanlamasini taqdim etdi


Land Rover kompaniyasi yangi Defender 400e gibrid yo‘ltanlamasi taqdimotini o‘tkazdi, deb xabar beradi New Atlas.

Yo‘ltanlamas quvvati 141 ot kuchiga teng elektroakkumulyator, shuningdek, 19,2 kvT/soat litiy-ionli batareya bilan jihozlangan. Bundan tashqari, Defender 400e 296 ot kuchiga ega 2.0 litrli to‘rt silindrli dvigatelga ega. Avtomobil elektr zaryadda 43 kilometr yo‘l bosa oladi.

Mazkur gibrid soatiga 100 kilometr tezlikka 5,6 soniyada erishadi, maksimal tezligi esa 209 km/soatga teng.

Land Rover Defender 400e 50 kvtli stansiyada 30 daqiqa ichida 80 foizga quvvatlanadi.

Kompaniya hozircha yangi modelning narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor etmagan.

Mavzuga doir: Jeyms Bond haqidagi yangi filmda Land Rover Defender avtomobili salto otadi (video)

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida Land Rover kompaniyasi yangi avlod ulkan yo‘ltanlamasini tayyorlayotgani va u 2021-yildan bozorlarga chiqishi to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют