» » Singapurda COVID-19 simptomlarini kuzatuvchi aqlli niqob yaratildi

Singapurda COVID-19 simptomlarini kuzatuvchi aqlli niqob yaratildi


Singapurlik olimlar datchik yordamida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha parametrlarni kuzatib, Bluetooth orqali uni smartfonga uzatuvchi niqob yaratdi. Bu haqda The Straits Times xabar berdi.

Datchiklar tizimi tana harorati, qonning kislorod bilan to‘yinganligi, qon bosimi va puls kabi parametrlarni qayd etadi.

Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, olimlar ayni paytda avval foydalanilgan uchta sensorni o‘z ichiga olgan yagona chipni sinovdan o‘tkazmoqda. Ushbu chip elastik material bilan qoplangan bo‘lib, datchikka suv o‘tkazmaydi. Sensorni bir martalik yoki ko‘p martalik niqobning yonoq qismi tarafiga tikib qo‘yish, niqobning o‘zini esa hatto ushbu chip bilan birga yuvish mumkin.

Olimlar o‘z ixtirolarini oy oxirigacha klinik sharoitda sinab ko‘rishni, shundan so‘ng uni sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ommaviy ishlab chiqariladigan bo‘lsa, bunday niqob 20 dollardan arzon bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi Inha universiteti talabalari sensorli “aqlli niqob” ixtiro qilgani xabar berilgan edi. U insonning tana haroratiga, yo‘tal, aksa urish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchilikni uch xil sensor orqali aniqlab bera olishi aytilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют