» » KONMEBOL Lionel Messining diskvalifikatsiyasini bekor qildi

KONMEBOL Lionel Messining diskvalifikatsiyasini bekor qildi


Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentina terma jamoasi va “Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasini olib tashladi.

Eslatib o‘tamiz, Messi Amerika Kubogi—2019 musobaqasi 3-o‘rini uchun kechgan bahsda qizil kartochka olgandi. O‘yindan keyin 33 yoshli futbolchi hakamlikni tanqid ostiga olgan va barchasi Braziliyaning chempion bo‘lishiga qaratilganiga shama qilgandi.

Natijada KONMEBOL Messini 50 ming dollar miqdorida jarimaga tortgan va futbolchini uch oyga xalqaro o‘yinlardan chetlatgandi. Avvalroq Messi Argentina terma jamoasining Meksika, Chili va Germaniyaga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuborgandi. U shuningdek, JCh—2022 saralashidan o‘rin olgan Ekvadorga qarshi o‘yinda ham ishtirok etmasligini kerak edi. Biroq 26-mart kuniga belgilangan o‘yin koronavirus sabab qoldirilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Argentina futbol assotsiatsiyasi Messining diskvalifikatsiyasi borasida apellyatsiya bergan va mazkur shikoyat Argentina foydasiga hal etilgan. Bu haqda tashkilot rahbari Klaudio Tapiya ma’lum qildi.

Endilikda Messi Ekvador (8-oktabr) va Boliviyaga (13-oktabr) qarshi o‘yinlarda ishtirok etishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют