» » Ozbekiston Dohada Afgoniston hukumati va Tolibon harakati ortasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishladi

Ozbekiston Dohada Afgoniston hukumati va Tolibon harakati ortasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishladi


Ozbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afgoniston hukumati va Tolibon harakati ortasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy bayonotida soz boradi.

Umid qilamizki, afgonlararo muloqot ot ochishni barqaror toxtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni ornatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Ozbekiston siyosiy jarayonlar faqat afgonlar tomonidan va Afgoniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

Ozbekiston tomonlarning milliy yarashuvga erishish yolidagi say-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qollab-quvvatlaydi hamda dost Afgoniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam korsatishda davom etadi, deyiladi TIV bayonotida.

Avvalroq OzbekistonAQShAfgoniston uch tomonlama hamkorlik mexanizmining Siyosat boyicha quyi qomitasi birinchi yigilishi bolib otgan edi. UndaOzbekiston afgonlararo muzokaralarning birini Samarqandda otkazishga tayyorligini bildirgan.

Mavzuga doir:Ozbekiston afgonlararo inkluziv muzokaralar olib borish uchun 400 nafar Tolibon azosining ozod qilinishini olqishladi

Eslatib otamiz, shu yilning may oyi oxirlarida OzbekistonAQShAfgoniston birinchi uch tomonlama majlisi videokonferensaloqa shaklidabolib otgandi. Unda COVID-19 pandemiyasi afgon xalqiga insonparvarlik yordamini berish, avvalo, dori-darmon va oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlash boyicha xalqaro hamkorlikni kengaytirish zarurligi takidlangandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-09-2020, 12:40)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -