» » “Aksariyat ilmiy tashkilotlar fan yo‘nalishlarida monopolistga aylanib qolgan”. Senat raisi ilmiy tashkilotlar o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish haqida gapirdi

“Aksariyat ilmiy tashkilotlar fan yo‘nalishlarida monopolistga aylanib qolgan”. Senat raisi ilmiy tashkilotlar o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish haqida gapirdi


O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyev 11-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yettinchi yalpi majlisda ilmiy tashkilotlar o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi yillarda ilm-fan sohasining rivojiga alohida e’tibor qaratilib, davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yillar davomida sohada to‘planib qolgan va o‘z yechimini kutayotgan masalalar o‘z yechimini topmoqda.

Sohada olib borilgan islohotlar natijasida respublikamiz kuni kecha e’lon qilingan Global innovatsion indeksida 131 ta mamlakat orasida 93-o‘rinni egallab, 2015-yilga nisbatan 29 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, ilm-fan sohasini rivojlantirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan ayrim masalalar ham mavjud.

Xususan, ilmiy tashkilotlar o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish zarur. Aksariyat ilmiy tashkilotlar fan yo‘nalishlarida monopolistga aylanib qolgan.

Bundan tashqari, ilm-fanni moliyalashtirishda xususiy sektor ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish choralarini ko‘rish lozim. Xususiy sektorni fundamental tadqiqotlarning olib borilishiga qiziqtirish zarur. Yaponiyada 90 foiz tadqiqotlar xususiy sektor tomonidan moliyalashtiriladi. Bu borada Yaponiya tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiq.

Tanzila Norboyeva, Oliy Majlisi Senati raisi

Avvalroq Senatning yettinchi yalpi majlisida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonun senatorlar tomonidan muhokama qilinib, ma’qullangani, unda Senat raisi Tanzila Norboyeva nogironligi bor bo‘lgan shaxslar muammolari yuzasidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan jihatlarga urg‘u bergani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Senat Yangihayot va Davlatobod tumanlarini tashkil etish haqidagi qarorlarni tasdiqlagan.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi 8 ta kodeks va 9 ta qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi hujjat senatorlar tomonidan ma’qullandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 14:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют