» » SSV farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar bilan chiqdi

SSV farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar bilan chiqdi


Sog‘liqni saqlash vazirligining o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi karantin ta’tilidan keyin farzandlarini maktabga yuborayotgan ota-onalarga tavsiyalar bilan chiqdi.

Ttibbiyot fanlari doktori Inobat Ahmedovaning qayd etishicha, ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sog‘ligiga va ruhiy holatiga, albatta, e’tibor berishlari kerak. “Shu o‘rinda psixologlar tarafidan bunday uzoq karantindan chiqish uchun vaqt (kamida uch hafta) talab etilishini inobatga olib, sizdan bolaning hissiy holatiga e’tibor berishingizni so‘raladi”, — deydi u.

Bolada o‘tgan vaqt davomidagi o‘zlashtira olmagan bilimlariga yetib olishi uchun paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan stressni yengishga ko‘maklashish kerak. Karantin ta’tilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qilish lozim.

“Doimiy tanbehlar sabab o‘g‘lingiz yoki qizingizning o‘ziga, kuchli tomonlariga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga yo‘l qo‘ymang. Farzandingizning sog‘lig‘ini kuzatib boring va agar unda kasallik belgilari (yuqori tana harorati, hansirash, yo‘tal, hid va ta’m sezmaslik, qorinda og‘riq, ich ketishi) paydo bo‘lsa, uni ta’lim muassasasiga yubormang” — deydi Inobat Ahmedova.

Shuningdek, bolaga quyidagi gigiyena qoidalarini o‘rgatishga chaqirdi:

“Bundan tashqari, farzandlaringizning bir-biriga e’tiborli bo‘lishga o‘rgating, ular o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilikning oldini olish choralarini ko‘ring.

Ta’lim muassasasi ma’muriyati va pedagoglari bilan ma’lumot almashinish maqsadida doimiy muloqotda bo‘lib, maktab xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar bilan tanishib, qo‘llab-quvvatlashga harakat qiling”, — deb tavsiya bergan vazirlikning o‘quv-tarbiya muassasalari bo‘yicha bosh mutaxassisi.

Eslatib o‘tamiz, maktablarda yangi 2020/2021-o‘quv yili rasman 14-sentabrdan boshlanadi. O‘quvchilar maktabga borishi yoki onlayn o‘qishi mumkin. Sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib boradi. 7-sentabr kuni 6 oy deganda 329 ta maktab o‘quvchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Xususan, Namangandagi 12 ta maktabda tajriba tariqasidagi ilk darslar boshlandi.

Avvalroq Xalq ta’limi vazirligi masofadan o‘qitiladigan bolalarning ota-onalariga tavsiyalar bilan chiqqandi.

Mazvuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 17:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют