» » 120 soat ichida dunyo bo‘ylab sayohat: rossiyalik biznesmen rekord o‘rnatish niyatida

120 soat ichida dunyo bo‘ylab sayohat: rossiyalik biznesmen rekord o‘rnatish niyatida


Aprel oyi oxirida “Renova” guruhi rahbari Viktor Vekselberg Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda Yer bo‘ylab parvoz qilish uchun Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi uchish apparatini yaratish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi Forbes.

Biznesmen havo kemasi Yer kurrasi bo‘ylab parvozni 120 soatda amalga oshirib, yangi jahon rekordini o‘rnatishini ma’lum qildi.

2016-yilning yozida dunyo bo‘ylab sayohatni yakunlagan Solar Impulse 16 marta qo‘nishga majbur bo‘lgan edi. “Renova” esa qo‘nmasdan parvoz qilishni nazarda tutmoqda.

Rossiya loyihasi uch bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda: birinchi bosqichda balandda uchishga moslashtirilgan laboratoriya yaratiladi. Ikkinchi bosqichda uchish apparatini ishlab chiqish va barpo etish, uchinchi bosqichda esa Yer bo‘ylab parvoz amalga oshiriladi.

Опубликовано: admin (30-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют