» » Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, “Bunyodkor” “Surxon”dan ustun keldi

Superliga. OKMK mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi, “Bunyodkor” “Surxon”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar 12-sentabr, shanba kuni o‘z yakuniga yetdi.

“Bunyodkor” jamoasi o‘z uyida “Surxon”ni qabul qildi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan “qaldirg‘ochlar” ikkita tezkor gol urishga erishdi. 49-daqiqada Rasul Yo‘ldoshev jamoasini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib, Nurillo To‘xtasinov ikkinchi golni urdi.

Bunga termizliklar 76-daqiqada A’zam Aliyevning kiritgan to‘pi bilan javob qaytardi.

OKMK safarda “Metallurg” bilan o‘ynadi. Uchrashuvning 67-daqiqasida Salamat Qutiboyev tomonidan kiritilgan to‘p bekodobliklarga g‘alaba olib keldi.

Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlari 2020-yilgi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Bunga qadar jamoa mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelayotgandi.

Coca-Cola Superliga

14-tur bahslari

12-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 – 49 Rasul Yo‘ldoshev, 2:0 – 51 To‘xtasinov, 2:1 – 76 Aliyev.

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov, Davronjon Ergashev (Muhammadodil Qahramonov, 69), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov, 69), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Anvar G‘ofurov, 88), Abdulla Abdullayev, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 69).

“Surxon”: Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Sherzod Karimov, Aleksandr Kasyan (Muhammad Ali Abdurahmonov, 71), Nuriddin Hasanov, A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behruz Shaydulov (O‘ral Choriyev, 88), Ibrohim Yo‘ldoshev (Nizomjon Norov, 54), Asror G‘ofurov.

Ogohlantirishlar: Yo‘ldoshev (10), Hasanov (80), To‘rayev (82), Shaydulov (85), Qodirqulov (90).

Gol: 1:0 – 67 Qutiboyev.

“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Salamat Qutiboyev, Abror Toshqo‘ziyev, Zohid Abdullayev (Shahzod Ubaydullayev 61), Kamoliddin Tojiyev, Abdurahmon Abdulhaqov (Doniyor Narzullayev 61), Ixtiyor Toshpo‘latov, Stanislav Andreyev, Davron Anvarov (Murodbek Bobojonov 79), Yevgeniy Chumak.

OKMK: Valijon Rahimov, Akmal Shorahmedov (Mirg‘iyos Sulaymonov 83), Sardor Rahmonov (Dilshod Jo‘rayev 73), Elguja Grigalashvili, Zafar Polvonov (Mate Vatsadze 78), Murod Toshmatov, Sanjar Tursunov, Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov 78), Yovan Jokich, Bobur Yo‘ldoshev, Arslonmurat Amanov (Husniddin G‘ofurov 73).

Ogohlantirish: Yo‘ldoshev (24), Abdulhaqov (39), Grigalashvili (90+2).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют