» » Superliga. OKMK 4 ta gol urilgan o‘yinda “Andijon” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Superliga. OKMK 4 ta gol urilgan o‘yinda “Andijon” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 11-turi OKMK jamoasi 21-avgust, juma kuni “Andijon”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim esa gollarga boy bo‘ldi. Dastlab andijonliklar Jamshid Hasanovning penaltidan urgan goli evaziga 51-daqiqada oldinga o‘tib oldi.

61-daqiqada Elguja Grigalashvili jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, chiroyli golga mualliflik qildi. 74-daqiqada Sanjar Tursunov qanotdan uzatilgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Oradan besh daqiqa o‘tib Mate Vatsadze OKMKning uchinchi golini urdi. Qizig‘i Olmaliq klubining uch goliga ham zaxiradan tushgan futbolchilar mualliflik qildi.

Shu tariqa Mirjalol Qosimov shogirdlarining 2020-yilgi mavsumdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etadigan bo‘ldi. OKMK 27 ochko bilan peshqadamga aylandi. “Andijon” (6) esa 12-pog‘onada qoldi.

Coca-Cola Superliga

11-tur bahslari

21-avgust, juma

Gollar: 1:0 – 51, penalti Jamshid Hasanov, 1:1 – 61 Elguja Grigalashvili, 1:2 – 74 Sanjar Tursunov, 1:3 – 79 Mate Vatsadze.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Azamat Isroilov, Farhod Mirahmatov, Jamshid Hasanov, Farhod Bekmurotov, Emmanuel Arivachukvu, Artyom Litvyakov (Timur Usmonov, 75), Siroj Meliyev, Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Dmitro Zozulya (Baxtiyor Qosimov, 90+3).

OKMK: Suhrob Sultonov, Akmal Shorahmedov, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Murodjon Toshmatov, Yovan Jokich, Mirjamol Qosimov (Dilshod Jo‘rayev, 62), Bahrom Abdurahimov (Shahzod Nurmatov, 56), Arslonmurat Amanov (Sanjar Tursunov, 56), Zafar Polvonov (Mate Vatsadze, 62), Hojimat Erkinov (Elguja Grigalashvili, 56).

Ogohlantirishlar: Abdumannopov (10), Amanov (47), Bekmurotov (82), Vatsadze (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-08-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют