» » Superliga. OKMK 11 yil deganda ilk bor safarda “Qizilqum”dan ustun keldi, Elgujadan ajoyib gol (video)

Superliga. OKMK 11 yil deganda ilk bor safarda “Qizilqum”dan ustun keldi, Elgujadan ajoyib gol (video)


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Olmaliqning OKMK jamoasi “Qizilqum” maydoniga safar qildi.

Bellashuvning dastlabki bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limni esa olmaliqliklar ancha faol boshladi va 66-daqiqada Elguja Grigalashvilining goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Ushbu gol o‘yinda yagonaligicha qoldi.

Ushbu g‘alabadan keyin OKMK o‘z ochkolari sonini 8 taga yetkazib olgan bo‘lsa, navoiyliklar mavsumdagi uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi.

Qayd etish joiz, OKMK so‘nggi bor Navoiyda 2009-yilda g‘alaba qozongan edi. Shundan beri olmaliqliklar “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yinlarida g‘alaba nima ekanligini bilmay kelayotgandi.

Superliga

4-tur bahsi

13-iyun, shanba

Gol: 0:1 – 66 Elguja Grigalashvili

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Abdi Bashimov, Vezirgeldi Ilyasov, Ruslan Margiyev, Alisher Sanoyev, Qadamboy Nurmetov (Doniyor Usmonov, 73), Salim Mustafoyev, Sherali Jo‘rayev, Naveseb Makkartni (Doston Ibragimov, 64), Oleg Tolmasov, Sunnatillo Abdullajonov.

OKMK: Suhrobjon Sultonov, Akmal Shorahmedov, Igor Zonich, Sardor Rahmonov, Saydullo Rahmatov,Yovan Jokich, Erkin Baydullayev (Murod Toshmatov, 60), 17.Sanjar Tursunov (Dilshod Jurayev, 78), Bahrom Abdurahimov (Mirjamol Qosimov, 78), Elguja Grigalashvili (Hojimat Erkinov, 87), Mate Vatsadze (Zafar Polvonov, 60).

Ogohlantirishlar: Jo‘rayev (24), Zonich (29), Baydullayev (41), Rahmonov (44), Bashimov (72), Sanoyev (90+2).

Mavzuga doir: Superliga. “Bunyodkor” avtogol evaziga o‘z uyida “Qo‘qon-1912”ni mag‘lub etdi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют