» » Superliga. OKMK “Andijon” bilan o‘ynaydi, “So‘g‘diyona” esa “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi

Superliga. OKMK “Andijon” bilan o‘ynaydi, “So‘g‘diyona” esa “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 12-turi doirasida 22-iyun, shanba kuni 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi Olmaliqning OKMK jamoasi “Andijon” maydoniga safar qiladi. Bellashuv soat 18:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar avvalgi turda “Navbahor” bilan, “Andijon” esa “Metallurg” bilan durang natija qayd etgandi (1:1).

Shu kuni Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubi o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qiladi. O‘yin soat 19:30 da boshlanadi.

Qayd etish joiz, Jizzax klubi 11-turda “Qizilqum” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagandi, “Qo‘qon-1912” esa vodiy derbisida “Dinamo”ni yuta olmagandi (2:2).

Mavzuga doir: “Paxtakor” “Qizilqum” darvozasiga javobsiz 8 ta gol urdi

“Lokomotiv” safarda “Dinamo”ga yutqazib qo‘ydi

Superliga

12-tur bahslari

22-iyun, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-06-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 58) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют