» » Superliga. “Qizilqum” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub eta olmadi

Superliga. “Qizilqum” o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub eta olmadi


15-iyun, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubi maydoniga safar qildi.

Bellashuvning 8-daqiqasidayoq jizzaxliklar yarim himoyachisi Kaxi Maxaradze hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib mezbonlar vakili Elguja Grigalashvili 11 metrlik jarima zarbasidan raqib darvozasiga to‘p kiritdi (1:1).

Shu tariqa jamoalar durang o‘ynadi va bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ushbu bahsdan so‘ng “So‘g‘diyona” 16 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qizilqum” esa 11 ochko bilan 10-o‘rinni band qilib turibdi.

Superliga

11-tur bahslari

15-iyun, shanba

Gollar: 0:1 — 8 Kaxi Maxaradze, 1:1 — 60, penalti, Elguja Grigalashvili

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Alisher Sanoyev, Fayzullo Qambarov, Salim Mustafoyev (Azizbek Usmonov, 55), Eldor Boymatov (Xurshidjon Olimov, 46), Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov, Medina Smit

“So‘g‘diyona”: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Iskandar Shoyqulov (Muhammadali Yo‘ldoshev, 46), Elyor Oripov, Kaxi Maxaradze, Nuriddin Hasanov, Sanjar Rashidov (Siroj Meliyev, 71), Shohruz Norxonov, Izzat Abdullayev, Nikola Milinkovich, Shahboz Jo‘rabekov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют