» » Superliga. “Qo‘qon-1912” so‘nggi daqiqada gol urib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Superliga. “Qo‘qon-1912” so‘nggi daqiqada gol urib, mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi


19-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 5-turida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubi safarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan o‘ynadi.

Uchrashuvning 90-daqiqasida mehmon jamoa a’zosi Murod Xolmuhammedovning kiritgan goli qo‘qonliklarga mavsumdagi ilk g‘alabasini taqdim etdi va jamoa 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yindan so‘ng Qo‘qon klubi 5 ochko to‘lagan holda musobaqa jadvalida so‘nggi o‘rindan 10-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Navoiyliklar esa 5 ochko jamg‘arib, 7-pog‘onada bormoqda.

Superliga

5-tur bahsi

19-aprel, juma

Gol: 0:1 — 90 Murod Xolmuhammedov

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoyev, Eldor Boymatov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev (Alisher Sanoyev, 59), Elguja Grigalashvili, Xurshid Olimov (Mirjalol Qosimov, 46), Maqsud Karimov, Medina Smit (Murod Bobojonov, 69)

“Qo‘qon-1912”: Islomjon Abdullayev, Quvondiq Ro‘ziyev, Avazxon Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Behruz Sa’dullayev (Jasur Hasanov, 67), Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Temur Usmonov, 90+4), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov

Ogohlantirishlar: Shahboz Erkinov (37), Muhsin Ubaydullayev (57), Mirjalol Qosimov (87), Elguja Grigalashvili (89)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют