» » Superliga. “Nasaf” “Qizilqum”ni yuta olmadi

Superliga. “Nasaf” “Qizilqum”ni yuta olmadi


10-may, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 8-turida Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning 49-daqiqasida navoiyliklar hujumchisi Murod Bobojonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Humoyun Murtozayev hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tarija jamoalar durang o‘ynadi va bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Nasaf” 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. “Qizilqum” esa 9 ochko bilan 9-pog‘onadan joy egallab turibdi.

Superliga

8-tur bahslari

10-may, juma

Gollar: 0:1 — 49 Murod Bobojonov, 1:1 — 51 Humoyun Murtozayev

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev, Doniyor Narzullayev (Oybek Bozorov, 46), Bobur Davlatov (Islom Rashidxonov, 80), Sardor Abduraimov, Islom Kenjaboyev, Xurshidbek Muxtorov, Umarbek Eshmurodov

“Qizilqum”: Artyom Makosin, Erkin Boydullayev, Murodbek Bobojonov (Alisher Sanoyev, 62), Salim Mustafoyev, Eldor Boymatov, Muhsin Ubaydullayev, Sherali Jo‘rayev, Elguja Grigalashvili (Mirjalol Qosimov, 82), Xurshid Olimov (Humoyun Abdualimov, 85), Maqsud Karimov, Smit Medina

Ogohlantirishlar: Muhsin Ubaydullayev (38), Humoyun Abdualimov (89), Aziz G‘aniyev (90)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-05-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют