» » Superliga. “Nasaf” “Dinamo”ni yuta olmadi (video)

Superliga. “Nasaf” “Dinamo”ni yuta olmadi (video)


9-mart, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turi doirasida bitta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi safarda Samarqandning “Dinamo” klubiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 12-daqiqasida Dilshod Saitovning uzoq masofadan yo‘llagan to‘pi samarqandliklar darvozasidan joy oldi va hisob ochildi (1:0). 51-daqiqaga kelib Amirjon Safarov Sardor Eminov uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa g‘olib nomi aniqlanmadi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Superliga

1-tur bahslari

9-mart, shanba

Gollar: 0:1 — 12 Dilshod Saitov, 1:1 — 51 Amirjon Safarov

“Dinamo”: Shohruhjon Eshbo‘tayev (Botirali Ergashev, 62), Lokayev Mirkomil, Hakimxon Alamxonov, Akmal Xolmurodov, Amirjon Safarov (Vohid Shodiyev, 75), Qadamboy Nurmetov, Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov, Damir Temirov (Jasur Azimov, 66), Sardorbek Eminov, Ixtiyor Toshpulatov.

“Nasaf”: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev, Bobir Davlatov, Sardor Abduraimov, Akmal Mozgovoy (Islom Kenjaboyev, 79), Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev, 90), Xurshidbek Muxtorov, Oybek Bozorov (Bobir Abduxoliqov, 71), Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Hakimjon Alamxonov (82)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют