» » Pepsi Superliga. “Neftchi” “Nasaf”ni, “Paxtakor” esa “Buxoro”ni mag‘lub etdi

Pepsi Superliga. “Neftchi” “Nasaf”ni, “Paxtakor” esa “Buxoro”ni mag‘lub etdi


Bugun, 22-sentabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 2-bosqich 24-tur uchrashuvlari doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tish haqida avvalroq xabar berilgandi. Biroz avval ikki uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Pastki oltilikda Pepsi Superligada qolish uchun kurashayotgan “Neftchi” o‘z uyida Qarshining “Nasaf” jamoasini qabul qildi. O‘yinda hisob 7-daqiqada Avazbek O‘lmasaliyev tomonidan ochildi. 21-daqiqada “Nasaf” a’zosi Islom Rashidxonov hisobni tenglashtirdi. 42-daqiqada Sherzod Hakimov gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 61-daqiqada esa Doston Toshmatovning jamoasi uchun uchinchi golni urib, “Neftchi”ning g‘alabasini ta‘minladi.

Chempionlik uchun kurashayotgan “Paxtakor” esa o‘z maydonida “Buxoro” bilan bellashdi. O‘yinda hisobni 58-daqiqada penaltidan Ismoil Gonsalvesh ochdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Gonsalveshning uzatmasini Farrux Sayfiyev golga aylantirib, hisobning 2:0 ko‘rinish olishini ta‘minladi. 80-daqiqada Shahboz Erkinov hisobni qisqartirdi. 2:1 hisobi o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Qizilqum” “Qo‘qon-1912” bilan kurash olib bormoqda. Turning markaziy o‘yini ertaga “Lokomotiv” hamda “Bunyodkor” jamoalari o‘rtasida kechadi.

Pepsi Superliga

24-tur bellashuvlari

22-sentabr, shanba

Gollar: 1:0—7 Avazbek O‘lmasaliyev, 1:1—21 Islom Rashidxonov, 2:1—42 Sherzod Hakimov, 3:1—61 Doston Toshmatov.

Neftchi: 12.Muzaffar Abdullayev, 3.Shukurali Po‘latov (s), 14.Abrorbek Ismoilov, 18.Andrey Sidorov (23.Abduraxmon Abdulxaqov, 46), 19.Avazbek O‘lmasaliyev (45.Avazxon Mamatxo‘jayev, 87), 20.Husniddin G‘ofurov, 40.Boburbek Yuldashev, 44.Dostonbek Toshmatov, 65.Shodiyor Hojimatov, 91.Sherzod Hakimov (7.Murodbek Bobojonov, 72), 95.Dostonbek Tursunov.

Nasaf: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov (18.Bobir Davlatov, 74), 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Amirjon Safarov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullayev (15.Dilshod Saitov, 74), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov (Xurshidbek Muxtorov, 81), 38.Akmal Mozgovoy, 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirishlar: Akmal Mozgovoy 54.

Gollar: 1:0—58, penalti Ismoil Gonsalvesh, 2:0—60 Farrux Sayfiyev, 2:1—80 Shahboz Erkinov.

“Paxtakor”: Eldorbek Suyunov, Farrux Sayfiyev, Yegor Krimes, Sherzod A’zamov (s), Akmal Shorahmedov, Azim Ahmedov, Dilshod Rahmatullayev, Jaloliddin Masharipov (Igor Sergeyev, 90), Ismoil Gonsalvesh (Jasur Yaxshiboyev, 82), Dragan Cheran (Jamshid Iskanderov, 76), Tiago Bezerra

“Buxoro”: Asilbek Omonov, Boburjon Omonov (Qahramon Bahodirov, 56), Salamat Quttiboyev, Shavkat Salomov (Arslonmurod Omonov, 62), San’at Shixov, Behruz Shodmonov, Akobir To‘rayev (Shahboz Erkinov, 46), Shavkat Mullajonov, Ergash Ismoilov, Mirjalol Jumayev, Javohir Qahramonov

Ogohlantirishlar: Akobir To‘rayev 22, Shavkat Salomov 33, Qahramon Bahodirov 63, Shahboz Erkinov 79.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-09-2018, 20:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют