» » Superliga. “Nasaf” safarda “Buxoro”ni yengdi

Superliga. “Nasaf” safarda “Buxoro”ni yengdi


4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turida Baxtiyor Ashurmatov qo‘l ostidagi “Buxoro” klubi o‘z maydonida Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 65-daqiqada qarshiliklar hujumchisi Humoyun Murtozayev tomonidan kiritildi. Shu tariqa Qarshi klubi safarda kechgan bahsda “Buxoro”ni kichik hisobda mag‘lub etdi.

Mazkur o‘yindan so‘ng, “Nasaf” 10 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, buxoroliklar 6 ochko to‘plab 9-pog‘onada bormoqda.

Superliga

7-tur bahsi

4-may, shanba

Gol: 0:1 — 65 Humoyun Murtozayev

“Buxoro”: Xurshid Xo‘jayev, Ivan Fatich, Mirjalol Jumayev, Ivan Nagayev (Firdavs Asadov, 80), Salamat Qutiboyev (Akobir To‘rayev, 67), Asadbek Sobirjoov, Behruz Shodmonov (Akramjon Bahriddinov, 78), Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Doston Ibragimov

“Nasaf”: Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Azizjon G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtazoyev, Doniyorjon Narzullayev (Husniddin Aliqulov, 83), Bobir Davlatov (Sharof Muhitdinov, 66), Sardor Abduraimov, Islom Kenjaboyev (Oybek Bozorov, 66), Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov

Ogohlantirishlar: Ergash Ismoilov (40), Bobur Davlatov (55), Vladimir Bayenko (59)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют