» » Superliga. “Bunyodkor” safarda “Buxoro”ni yuta olmadi

Superliga. “Bunyodkor” safarda “Buxoro”ni yuta olmadi


26-aprel, juma kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 6-turida Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi “Buxoro” maydoniga safar qildi.

O‘yinning 40-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov hisobni ochgan bo‘lsa, 49-daqiqaga kelib buxorolikalr hujumchisi Ivan Nagayev Murodjon Zuhurov darvozasini ishg‘ol qildi (1:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib mezbonlar a’zosi Doston Ibragimov jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 69-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov dublga erishdi (2:2).

Shu tariqa toshkentliklar mehmonda kechgan bahsda “Buxoro” bilan durang o‘ynadi (2:2).

Ma’lumot uchun, mazkur o‘yindan so‘ng “Bunyodkor”ning ochkolari soni 10 taga yetdi va klub musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Buxoro” esa 6 ochko bilan 9-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

6-tur bahsi

26-aprel, juma

Gollar: 0:1 — 40 Xurshid G‘iyosov, 1:1 — 49 Ivan Nagayev, 2:1 — 53 Doston Ibragimov, 2:2 — 69 Xurshid G‘iyosov

“Buxoro”: Nodir Ashurmatov, Ivan Fatich, Ivan Nagayev, Salamat Qutiboyev, Asadbek Sobirjonov, Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Tohirjon Shamsiddinov, Akrom Bahriddinov (Firdavs Asadov, 46), Doston Ibragimov

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Jasur Jaloliddinov (Suxrob Izzatov, 65), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov, Sanjar Qodirqulov Nurillo To‘xtasinov

Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov (18), Ergash Ismoilov (35), Ivan Fatich (73), Doston Ibragimov (89).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 141) ( 0) ( 139) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют