» » Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Bunyodkor”ga yutqazib qo‘ydi, “Dinamo”da esa g‘alaba

Superliga. “Navbahor” o‘z maydonida “Bunyodkor”ga yutqazib qo‘ydi, “Dinamo”da esa g‘alaba


6-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turi doirasida navbatdagi 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.

Musobaqa jadvalida 4-o‘rinda borayotgan Bekobodning “Metallurg” klubi safarda “Dinamo” mehmoni bo‘ldi.

Bellashuvning 19-daqiqasida mezbon jamoa a’zosi Ixtiyor Toshpo‘latov Amirjon Safarov uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan 9 daqiqa o‘tib Muzaffar Muzaffarov hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Mirkomil Loqayevning kiritgan goli evaziga samarqandliklar “Metallurg”ni mag‘lubiyatga uchratdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Shu kuni Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida musobaqa jadvalida oxirgi pog‘onani egallab turgan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq toshkentliklar futbolchisi Jasur Jaloliddinov hisobni ochdi (1:0). 36-daqiqada esa Xurshid G‘iyosov 11 metrlik jarima zarbasidan mezbon jamoa darvozasiga gol urdi (2:0). 63-daqiqaga kelib Namangan klubi o‘yinchisi Aleksandr Kasyan penaltidan unumli foydalanib, hisobni qisqartirdi (2:1). 79-daqiqada Abbos G‘ulomov Murodjon Zuhurov qo‘riqlayotgan darvozaga to‘p kiritdi (2:2). Bellashuvning 83-daqiqasida esa hakam tomonidan “Navbahor” jarima maydonida penalti belgiladi va undan “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov unumli foydalanib, dublga erishdi (3:2).

Shu tariqa “Bunyodkor” qiyin kechgan o‘yinda “Navbahor”ni taslim qildi va dastlabki 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Superliga

3-tur bahsi

6-aprel, shanba

Gollar: 1:0 — 19 Ixtiyor Toshpo‘latov, 1:1 — 28 Muzaffar Muzaffarov, 2:1 — 90 Mirkomil Loqayev

Gollar: 0:1 — 3 Jasur Jaloliddinov, 0:2 — 36, penalti, Xurshid G‘iyosov, 1:2 — 63, penalti, Aleksandr Kasyan, 2:2 — 79 Abbos G‘ulomov, 2:3 — 83, penalti, Xurshid G‘iyosov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-04-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 151) ( 0) ( 149) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют