» » Superliga. OKMK o‘z maydonida “Dinamo”dan ustun keldi, “Nasaf” esa “Qizilqum”ni mag‘lub etolmadi

Superliga. OKMK o‘z maydonida “Dinamo”dan ustun keldi, “Nasaf” esa “Qizilqum”ni mag‘lub etolmadi


14-sentabr, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-tur bahslari doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi safarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan bellashdi.

Uchrashuvda darvozalarga gol urilmadi va o‘yin 0:0 hisobida yakunladi.

Ma’lumot uchun, qarshiliklar 28 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda. Navoiy klubi esa  18 ochko bilan 11-pog‘onani egallab turibdi.

Shu kuni Mirjalol Qosimov boshliq Olmaliqning OKMK jamoasi Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qildi.

Bellashuvda Olmaliq klubi a’zolari Elguja Grigalashvili (6, 65) hamda Jasur Hakimov (73) tomonidan urilgan gollarga mehmon jamoa Amirjon Safarovning (87) goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa olmaliqliklar o‘z maydonida “Dinamo”ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng OKMKning ochkosi 19 taga yetdi. 10-o‘rinda borayotgan “Dinamo” hisobida esa 18 ochko mavjud.

Superliga

3-tur bahslari

14-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 — 6 Elguja Grigalashvili, 2:0 — 65 Elguja Grigalashvili, 3:0 — 73 Jasur Hakimov, 3:1 — 87 Amirjon Safarov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют