» » Superliga. “Bunyodkor” “Surxon”ni sinovdan o‘tkazadi, “Nasaf” esa “Metallurg” bilan o‘ynaydi

Superliga. “Bunyodkor” “Surxon”ni sinovdan o‘tkazadi, “Nasaf” esa “Metallurg” bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 15-turi doirasida 31-iyul, chorshanba kuni 4 ta o‘yin o‘tkaziladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi o‘z maydonida Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv soat 18:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, “qaldirg‘ochlar” avvalgi turda “Dinamo”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. “Surxon” esa “Nasaf”ga yutqazgandi (1:3).

Olmaliqning OKMK klubi “Andijon”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv soat 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, olmaliqliklar 12 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 11-o‘rinda borayotga bo‘lsa, 12-pog‘onani egallab turgan “Andijon” hisobida 12 ochko mavjud.

O‘tgan turda “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘lgan (0:1) Namanganning “Navbahor” klubi safarda “Buxoro” bilan bahsga kirishadi.

Qayd etish joiz, “lochinlar” 21 ochko jamg‘arib musobaqa jadvalida 6-o‘rinni band qilib turibdi, “Buxoro” esa 10 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Ro‘ziqul Berdiyev boshliq Qarshining “Nasaf” jamoasi o‘z uyida Bekobodning “Metallurg” klubi bilan bellashadi. Ikkala o‘yinga ham soat 20:00 da start beriladi.

Ta’kidlash lozim, musobaqa jadvalida 3-o‘rinda borayotgan Qarshi klubi hisobida 24 ochko mavjud. “Metallurg” esa 17 ochko to‘plab, 9-o‘rin bilan kifoyalanib turibdi.

Coca-Cola Superligasi

15-tur bahslari

31-iyul, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-07-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют