» » Superliga. “Dinamo” Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, “Lokomotiv” esa “Surxon”ni qabul qiladi

Superliga. “Dinamo” Qo‘qonda mehmon bo‘ladi, “Lokomotiv” esa “Surxon”ni qabul qiladi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 11-tur o‘yinlariga 15-iyun, shanba kuni start beriladi.

Kunning dastlabki o‘yinida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv soat 18:00 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, qo‘qonliklar avvalgi turda “Surxon”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa (1:2), Samarqand klubi esa “Qizilqum” bilan durangga imzo chekkandi (2:2).

10-turda “Nasaf”ni mag‘lub etgan (1:0) “Lokomotiv” klubi Toshkentda Termizning “Surxon” jamoasini qabul qiladi. Bellashuv soat 19:30 da boshlanishi belgilangan. Qayd etish joiz, “temiryo‘lchilar” 21 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. 3-pog‘onani egallab turgan “Surxon” hisobida esa 18 ochko mavjud.

Oldingi turda “Buxoro”dan ustun kelgan (2:0) Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi Navoiyning “Qizilqum” klubi maydoniga safar qiladi. Bahs soat 20:00 da start oladi. Ma’lumot uchun, Jizzax klubi 15 ochko to‘plab, musobaqa jadvalida 5-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Qizilqum” 10 ochko bilan 10-o‘rinni band qilgan.

Superliga

11-tur bahslari

15-iyun, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-06-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют