» » Superliga. “Surxon” safarda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi, “Nasaf” esa “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi

Superliga. “Surxon” safarda “Qizilqum” bilan o‘ynaydi, “Nasaf” esa “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi


18-may, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 9-turi doirasida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi o‘z maydonida Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. Eslatib o‘tamiz, navoiyliklar avvalgi turda “Nasaf” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, termizliklar “Buxoro”ni mag‘lubiyatga uchratgandi (1:0).

Shu kuni Ro‘ziqul Berdiyev boshqaruvidagi Qarshining “Nasaf” klubi Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ikkala bellashuv ham soat 20:00 da start oladi.

Ma’lumot uchun, qarshiliklar 11 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 8-o‘rinda bormoqda. Qo‘qonliklar esa 6 ochko bilan so‘nggi pog‘onadan joy olgan.

Superliga

9-tur bahslari

18-may, shanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют