» » Superliga. “Bunyodkor” “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa “Metallurg” mehmoni bo‘ladi

Superliga. “Bunyodkor” “Qo‘qon-1912”ni qabul qiladi, “Lokomotiv” esa “Metallurg” mehmoni bo‘ladi


12-may, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 8-turida 3 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” klubini sinovdan o‘tkazadi. Uchrashuv soat 17:15 da boshlanadi. Eslatib o‘tamiz, “qaldirg‘ochlar” avvalgi turda “Qizilqum”ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan bo‘lsa (0:1), qo‘qonliklar “Lokomotiv” bilan durangga imzo chekkandi (2:2).

Shu kuni Termizning “Surxon” klubi Baxtiyor Ashurmatov boshliq “Buxoro”ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuvga soat 17:30 da start beriladi. Ma’lumot uchun, “Surxon” 7-turda OKMKga mag‘lub bo‘lgandi (0:2). “Buxoro” esa “Nasaf”ga yutqazib qo‘ygandi (0:1).

Kunning so‘nggi bahsida Toshkentning “Lokomotiv” klubi “Metallurg” maydoniga safar qiladi. O‘yin soat 19:40 da boshlanishi belgilangan. Qayd etish joiz, “temiryo‘lchilar” 16 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Bekobodliklar esa 10 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.

Superliga

8-tur bahslari

12-may, yakshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-05-2019, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 70) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют